MAXFIYLIK SIYOSATI
"Mas'uliyatli ota-onalik" ta'limiy veb-platformasi va mobil ilovasi
Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o'rinlarda – Siyosat) "Mas'uliyatli ota-onalik" veb-sayti (www.masuliyatli-ota-onalik.uz) va mobil ilovasida (keyingi o'rinlarda – Platforma) foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini yig'ish, saqlash, qayta ishlash va himoya qilish tartibini belgilaydi. Platforma "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti loyihasi hisoblanadi. Platformadan foydalanish foydalanuvchining ushbu Siyosat shartlariga roziligini bildiradi.
1. Yig'iladigan ma'lumotlar
Platforma quyidagi shaxsiy ma'lumotlarni yig'adi:
- Familiya, ism, sharif (F.I.Sh.);
- Jinsi;
- Hududi (viloyat/tuman);
- Test natijalari (modul testlari va yakuniy test ballari);
- Qurilma va brauzer haqida texnik ma'lumot (IP-manzil, operatsion tizim, brauzer versiyasi);
- Cookie va local storage ma'lumotlari (platformada sessiyani saqlash uchun).
2. Ma'lumotlarni yig'ish maqsadlari
Yig'ilgan ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
- Ta'lim jarayonini boshqarish – foydalanuvchining modullar bo'yicha progressini saqlash;
- Sertifikat berish – yakuniy testdan muvaffaqiyatli o'tgan foydalanuvchiga QR-kodli sertifikat rasmiylashtirish;
- Statistik tahlil – hudud, jins va faoliyat bo'yicha anonim statistik hisobotlar tayyorlash;
- Platformani rivojlantirish – texnik va kontent sifatini yaxshilash uchun.
3. Ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash muddati
3.1. Foydalanuvchi ma'lumotlari faqat belgilangan maqsadlar uchun qayta ishlanadi va qonunchilikda nazarda tutilgan muddatdan ortiq saqlanmaydi.
3.2. Test natijalari va F.I.Sh. ma'lumotlari foydalanuvchi sertifikatining amal qilish muddati davomida saqlanadi.
3.3. Texnik va statistik ma'lumotlar (anonimlashtirilgan holda) cheksiz muddat saqlanishi mumkin.
4. Uchinchi shaxslarga ma'lumotlarni berish tartibi
4.1. Platforma foydalanuvchi ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaydi, bundan quyidagi hollardan tashqari:
- Foydalanuvchining yozma roziligi mavjud bo'lsa;
- Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat organlarining so'rovi asosida;
- Platforma faoliyatini ta'minlash uchun zarur bo'lgan texnik xizmat ko'rsatuvchi provayderlarga (hosting, sertifikat yaratish servislari va boshqalar), bunda ular maxfiylik majburiyatini olgan bo'lishi shart.
5. Ma'lumotlarni himoya qilish choralari
5.1. Platforma foydalanuvchi ma'lumotlarini AES256 yoki shunga teng xavfsizlik darajasidagi shifrlash usullari bilan himoya qiladi.
5.2. Ma'lumotlar bazasi kundalik zaxira nusxasi olinadi.
5.3. Platforma OWASP Top 10 xavfsizlik standartlariga mos ishlab chiqilgan.
5.4. DDoS hujumlardan himoya va favqulodda tiklash tizimi joriy etilgan.
6. Foydalanuvchi huquqlari
Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
- O'z ma'lumotlarini ko'rish, o'zgartirish yoki o'chirishni talab qilish;
- Ma'lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligini istalgan vaqtda bekor qilish;
- Ma'lumotlardan foydalanish to'g'risida ma'lumot olish;
- Qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat kiritish.
7. Cookie va local storage
7.1. Platforma foydalanuvchi sessiyasini saqlash va funksionallikni yaxshilash uchun cookie va local storage ma'lumotlaridan foydalanadi.
7.2. Foydalanuvchi brauzer sozlamalarida cookie'larni cheklashi mumkin, ammo bu holat platforma funksionalligini cheklashi mumkin.
8. O'zgartirishlar
8.1. Ushbu Siyosatga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.
8.2. O'zgartirishlar platformada e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
9. Bog'lanish ma'lumotlari
Ruxsat olish, murojaatlar va shaxsiy ma'lumotlarga oid so'rovlar uchun:
- Email: mvaoiti@exat.uz
- Veb-sayt: www.masuliyatli-ota-onalik.uz
FOYDALANISH SHARTLARI
"Mas'uliyatli ota-onalik" ta'limiy veb-platformasi va mobil ilovasi
Ushbu Foydalanish shartlari (keyingi o'rinlarda – Shartlar) "Mas'uliyatli ota-onalik" veb-sayti (www.masuliyatli-ota-onalik.uz) va mobil ilovasidan (keyingi o'rinlarda – Platforma) foydalanish tartibini, shuningdek, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Platforma "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti loyihasi hisoblanadi. Platformadan foydalanish Shartlarga, shuningdek, ularga kiritiladigan barcha o'zgartirish va to'ldirishlarga foydalanuvchining roziligini bildiradi.
1. Mualliflik huquqi va intellektual mulk
1.1. Platformada joylashtirilgan barcha matnli, grafik, video, audio va boshqa turdagi materiallar mualliflik huquqi obyektlari bo'lib, ularning huquqlari O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk to'g'risidagi qonunchiligi bilan himoya qilinadi.
1.2. Platformadagi materiallarni chop etish, ko'paytirish, tarqatish yoki boshqa shaklda foydalanishga faqat Platforma ma'muriyatining yozma ruxsati bilan yo'l qo'yiladi.
1.3. Fotosuratlar, videolar va boshqa tasviriy materiallar tahririyatning oldindan yozma ruxsatisiz tijoriy yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishi taqiqlanadi.
1.4. Agar ruxsat berilgan bo'lsa, materialdan foydalanganda manba sifatida "Mas'uliyatli ota-onalik" nomi va rasm/videodagi vatermark saqlanishi shart.
2. Foydalanuvchi ma'lumotlarini yig'ish va qayta ishlash
2.1. Platforma foydalanuvchilaridan faqatgina ta'limiy jarayonni tashkil etish va sertifikat berish uchun zarur bo'lgan minimal shaxsiy ma'lumotlar yig'iladi, jumladan:
- Familiya, ism, sharif (F.I.Sh.);
- Jinsi;
- Hududi;
- Test natijalari (modul testlari va yakuniy test ballari).
2.2. Mazkur ma'lumotlar faqat quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
- Yakuniy sertifikatni rasmiylashtirish;
- Statistik tahlil (hudud va jins bo'yicha anonim shaklda);
- Platformaning o'quv jarayonini optimallashtirish.
2.3. Foydalanuvchi ma'lumotlari uchinchi shaxslarga berilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari.
2.4. Test natijalari va shaxsiy ma'lumotlar faqat foydalanuvchining shaxsiy kabinetida ko'rinadi va tashqariga oshkor etilmaydi.
2.5. Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish to'g'risidagi qonunchiligiga muvofiq tarzda himoyalanadi.
3. Foydalanuvchi majburiyatlari
3.1. Platformadan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanish.
3.2. Platformaning texnik ishlashiga zarar yetkazadigan, xavfsizlikni buzadigan yoki ruxsatsiz kirish imkoniyatini beradigan har qanday harakatlardan tiyilish.
3.3. Platformada joylashtirilgan materiallarni ruxsatsiz ko'chirmaslik, tarqatmaslik va tijoriy maqsadda ishlatmaslik.
4. Testlar va sertifikatlash jarayoni
4.1. Har bir modul yakunida foydalanuvchi test topshiradi. Testdan o'tolmagan foydalanuvchi kontentni qayta o'rganishi shart.
4.2. Yakuniy test faqat barcha modullar muvaffaqiyatli tugatilgach ochiladi.
4.3. Yakuniy testdan o'tgach, foydalanuvchi o'zining F.I.Sh., jinsi va hududini kiritadi, shundan so'ng tizim avtomatik tarzda QR-kodli shaxsiy sertifikat yaratadi.
4.4. Sertifikat faqat foydalanuvchining shaxsiy kabinetida yuklab olish uchun taqdim etiladi.
5. Ma'lumotlar xavfsizligi
5.1. Platforma foydalanuvchi ma'lumotlarini AES256 yoki shunga teng darajadagi shifrlash yordamida himoya qiladi.
5.2. Ma'lumotlar bazasining kundalik zaxira nusxasi olinadi.
5.3. DDoS hujumlardan himoya va favqulodda tiklash tizimi joriy etiladi.
6. Mas'uliyatni cheklash
6.1. Platforma texnik nosozliklar yoki uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan zarar uchun javobgar emas.
6.2. Platformada joylashtirilgan ta'limiy materiallar maslahat xarakteriga ega bo'lib, individual holatlarda mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
7. O'zgartirishlar kiritish tartibi
7.1. Platforma ma'muriyati ushbu Shartlarga o'zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi.
7.2. O'zgartirishlar e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va foydalanuvchi ularni qabul qilgan hisoblanadi.
8. Bog'lanish ma'lumotlari
Ruxsat olish yoki savollar uchun murojaat manzili:
- Email: mvaoiti@exat.uz
- Veb-sayt: www.masuliyatli-ota-onalik.uz
MUROJAAT YUBORISH TARTIBI
"Mas'uliyatli ota-onalik" platformasida foydalanuvchilar o‘z taklif, savol va shikoyatlarini murojaat shakli orqali yuborishlari mumkin.
Murojaat yuborishda foydalanuvchidan ism-sharifi, telefon raqami va murojaat matni kiritilishi talab qilinadi. Ushbu ma’lumotlar faqatgina siz bilan qayta aloqa o‘rnatish uchun ishlatiladi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
- Murojaat onlayn forma orqali yuboriladi;
- Platforma ma’muriyati murojaatni 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi;
- Natijasi bo‘yicha foydalanuvchi ko‘rsatilgan aloqa manziliga javob oladi;
- Agar murojaat maxfiylik siyosati, qonunchilik talablari yoki platforma qoidalariga zid bo‘lsa, u rad etilishi mumkin.
